Ayni vaqtda Hindiston poytaxti Yangi Dehli ko`chalarida 70 mingdan ortiq boshpanasiz bolalar bor, deya ma`lum qilmoqda Report nashri.
Ushbu ma`lumot Inson huquqlarini himoya qilish tashkiloti tomonidan e`lon qilindi. Tashkilot olib borgan so`nggi tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, minglab bolalar temiryo`l stansiyalarida, ko`priklar ostida, diniy markazlar oldida, shuningdek, avtobus bekatlarida tunashga majbur bo`lishmoqda. Boshpanasiz bolalar orasida o`tkazilgan so`rovnomadan ma`lum bo`lishicha, ular arzon mahsulotlar sotiladigan do`konlardan qorin to`yg`azishadi.






