AsosiyJamiyat

Zulfiya nomidagi Davlat mukofotining g`oliblari saralanmoqda

'Zulfiya nomidagi Davlat mukofotining g`oliblari saralanmoqda'ning rasmi

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti uchun da`vogarlik qilayotgan qizlarning Respublika bosqichidagi ishtiroki yakunlandi, deb xabar bermoqda O`zbekiston Respublika Xotin-qizlar qo`mitasi matbuot xizmati.

Unda qizlarning nufuzli hay`at a`zolari bilan yuzma-yuz suhbati bo`lib o`tdi. Hozirda ularning iqtidorlari davlatimizning nufuzli jamoat arboblari, vazirlar, xalq shoirlari, olimlar, xalqimiz e`tirofidagi san`atkorlar hamda mashhur sportchilar tomonidan baholanmoqda.

Bu yil qizlar avvalgidagi kabi 5 ta emas 7 ta yo`nalishda saralandi. Tanlovning quyi bosqichlarida respublika va xalqaro miqyosdagi ko`rik-tanlovlar, fan olimpiadalari va sport musobaqalarida ahamiyatli yutuqlarni qo`lga kiritgan, har jabhada tengdoshlariga o`rnak va namuna bo`lib kelayotgan qizlarning ro`yxati aniqlangan.

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti ta`lim, fan, adabiyot, madaniyat, san`at, sport va jamoatchilik faoliyatida alohida yutuqlarga erishgan 14 yoshga to`lgan va 30 yoshdan oshmagan iqtidorli qizlarga beriladi.

Eslatib o`tamiz, 2019 yil tanlovning respublika saralash bosqichiga hududlardan 335 nafar iqtidorli qizlarning ro`yxati taqdim etilgan.

    Boshqa yangiliklar