26 yanvar soat 22.00 larda Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida yashovchi ayol uyida o`zaro janjal sabab mast holda bo`lgan turmush o`rtog`ini o`ldirib qo`ygan.
27 yanvar kuni erkakning yuz qismida tan jarohatlari bilan jasadi topilgan.
IIV matbuot xizmati xabariga ko`ra, uy bekasi erkakning yuziga shisha idish bilan tanasining turli joylariga urib-tepib jarohat etkazgan. Ko`rilgan choralar natijasida ayol qo`lga olingan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






