AsosiyJamiyat

O`zbekistonda yangi vazirlik tashkil etildi

'O`zbekistonda yangi vazirlik tashkil etildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 yanvardagi Farmoni bilan O`zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi tashkil qilindi.

Vazirlik Investisiyalar bo`yicha davlat qo`mitasi va Tashqi savdo vazirligining qo`shilishi orqali tashkil etiladigan bo`ldi, deb xabar bermoqda "Xalq so`zi" nashri.

Avval xabar berganimizdek, “O`zcharmsanoat” uyushmasi raisi lavozimida faoliyat yuritgan Sardor O`ktamovich Umurzoqov O`zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vaziri etib tayinlandi.

Sardor Umurzoqov Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini va keyinchalik Reding Universiteting (Buyuk Britaniya) magistraturasini tamomlagan, hozirda fan doktori ilmiy darajasiga ega.

S.Umurzoqov uzoq muddat O`zbekiston bank sohasida, Evropa tiklanish va taraqqiyot bankida (London, Buyuk Britaniya) hamda respublikamiz moliya tizimida, xususan Moliya Vazirligi G`aznachiligida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan.

    Boshqa yangiliklar