AsosiyJamiyat

Roberto Karlos bolajonlar uchun master-klass namoyish qildi (foto)

'Roberto Karlos bolajonlar uchun master-klass namoyish qildi (foto)'ning rasmi

Jahon futboli yulduzi Roberto Karlos poytaxtimizga tashrif buyurgani haqida avval xabar berib o`tgandik.

"Real" klubining sobiq a`zosi dastlab O`FA rahbariyati bilan uchrashdi. Unga milliy choponimiz va do`ppimiz sovg`a qilindi, deb xabar bermoqda O`FA matbuot xizmati.


Shundan so`ng, braziliyalik jahon chempioni yosh futbolchilar uchun O`FA maydonida tashkil etilgan master-klassda ishtirok etdi.

U turli futbol maktablaridan kelgan bolajonlar uchun mahorat darslarini namoyish qildi. Keyin shu erning o`zida faxriy futbolchilar ishtirokida o`rtoqlik o`yini bo`lib o`tdi. Unda Azamat Abduraimov, Viktor Karpenko, Zayniddin Tojiev, Eldor Magdeev, Bahodir Ahmedov, Aleksandr Xvostunov, Aleksey Roshin, Rustam Umarov, Shuhrat Maqsudov kabi futbolchilardan tashkil topgan "Paxtakor" va O`zbekiston terma jamoasining faxriylari ishtirok etishdi. Roberto Karlos har ikkala jamoa tarkibida bitta taymdan maydonda to`p surdi. Uchrashuv O`zbekiston terma jamoasi faxriylarining 2:1 hisobidagi g`alabasi bilan yakuniga etdi. Karlos gollardan biriga mualliflik qilganini ham ta`kidlab o`tish zarur.


Shundan keyin Roberto Karlos Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari o`rtasidagi Jahon chempionati g`olibi bo`lgan bolajonlar va boshqa futbol maktablari tarbiyalanuvchilariga turli sovg`alar taqdim qildi.

    Boshqa yangiliklar