AQSh konsulligi “Oskar”ga nomzod meksikalik aktyor Xorxe Antonio Gerreroning vizasini qabul qilmadi, deya ma`lum qilmoqda RIA Novosti nashri.
Xorxe Antonio Gerrero rejissyor Alfonso Kuaronning “Roma” filmida suratga tushgan bo`lib, navbatdagi “Oskar” mukofotiga “Eng yaxshi aktyor” sifatida nomzod bo`lgan.
Shunday qilib, Xorxe Antonio Gerrero “Oskar”ning 91-taqdirlash marosimida ishtirok etishi dargumon bo`lib qolmoqda.
Uning so`zlariga ko`ra, AQSh elchixonasi Xorxeni marosimga mehmon sifatida chaqilgani haqidagi xatni olishdan bosh tortgan.






