AsosiySport

Nesterov Saudiya jamoasiga o`tdi

'Nesterov Saudiya jamoasiga o`tdi 'ning rasmi

O`zbekiston terma jamoasining engilmas darvozaboni Ignatiy Nesterov Saudiya jamoasiga o`tdi, deb xabar qilmoqda O`FA o`zining telegram kanalida.

"O`zbekiston milliy terma jamoasi darvozaboni Ignatiy Nesterov "Lokomotiv" klubidan Saudiya Arabistonining "Uhud" jamoasiga o`tdi. Ignatiy Nesterovga yangi jamoasida omad yor bo`lishini tilab qolamiz!", - deyilgan xabarda.

Ignatiy Mixiylovich Nesterov, 1983 yilda tug`ilgan, 35 yoshda. O`zbekiston jamoasining eng yaxshi o`yinchilaridan biri hisoblanadi. Nesterov O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan sportchi, Osiyo kubogida 5 marotaba ishtirok etib o`ziga xos rekord o`rnatgan.

Nesterov futbolda karerasini Samarqandning “Dinamo” jamoasida boshlab, keyin Toshkentning “Paxtakor”, “Bundyodkor” va “Lokomotiv” jamoalarida to`p surgan. Nesterov Osiyo Kubogidan oldin ushbu turdan so`ng o`zining milliy jamoa tarkibidagi karerasini yakunlashi haqida e`lon qilgan edi.

    Boshqa yangiliklar