25 yanvardan 26 yanvarga o`tar kechasi Toshkent shahrining Mirzo Ulug`bek tumanida mudhish yo`l-transport hodisasi ro`y berdi.
Poytaxt IIBB xabariga ko`ra, tungi soat taxminan 2:00lar atrofida Abdulla Qodiriy ko`chasidagi (sobiq hayvonot bog`i yonida) YTH haqida xabar kelib tushgan.
«Neksiya-3» rusumidagi avtomobil haydovchisi reklama banneri ustuniga kelib urilgan. YTH oqibatida haydovchi, 25 yoshli A.T. va uning ikki nafar yo`lovchisi (ayollar) voqea joyida halok bo`lgan. Uchinchi yo`lovchi (ayol kishi) shifoxonaga olib ketilgan, shifokorlar uning holatini og`ir, deb baholashmoqda.









