Avstraliyaning Tanzaniya shtatida o`rmon yong`inlari tobora avj olmoqda, deya xabar berdi RIA Novosti nashri.
Alanganing kelib chiqishiga mamlakatda kuzatilayotgan yuqori harorat sabab bo`lgani xabar qilinmoqda. Hozirga qadar 55 ming gektar maydon kulga aylanib ulgurgan. O`t o`chiruvchilar olovni bartaraf etish uchun tinimsiz kurash olib borishmoqda. Biroq tinimsiz esayotgan shamol uning atrofga tez tarqalishiga olib kelmoqda. Tanzaniyaga qo`shni shtatlardan ham yordam kuchlari jalb qilinyapti. Agar harorat tobora ko`tarilib borsa, Avstraliyaning boshqa hududlarida ham yong`in kelib chiqishi mumkin.






