Venesuelada prezident lavozimi bilan bog`liq mojarolar davom etmoqda, deb xabar berdi RenTV.ru nashri.
Venesuela muxolifat partiyasi etakchisi Xuan Guaydo o`zini prezident deb e`lon qilgandan so`ng, mamlakatda hukumat idoralari ikki tarafga bo`lingan. Masalan, mamlakat Oliy sudi, prezident Nikolas Maduroni davlatning yagona qonuniy rahbari deb hisoblamoqda. Bu haqda rasman bayonot berilgan. Mudofaa vazirligi ham Maduroni qo`llab-quvvatlashini ma`lum qildi.






