Bugun O`zbekiston olimpiya terma jamoasi Turkiyadagi yig`inni yakunladi. Kechqurun futbolchilarimiz Toshkentg qaytib kelishadi. O`zbekiston olimpiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Lyubinko Drulovich Turkiyadagi yig`inda qatnashgan Ravshan Haydarov bilan uchrashib, yig`in bo`yicha ma`lumotlarni oladi.
Yig`in davomida o`zini ko`rsatgan futbolchilarning natijalari ko`rib chiqiladi.
"Yig`in davrida bir qator nazorat uchrashuvlari ham o`tkazildi. Jumladan, Ozarbayjonning "Keshla" (0:0), Ruminiyaning "Mediash" (1:3), Qozog`istonning "Taraz" (0:1) klubilariga qarshi o`tkazilgan o`yinlar orqali Olimpiya terma jamoasiga nomzod futbolchilar sinovdan o`tkazilib, ularning jismoniy holati ko`zdan kechirildi va ular o`rtasidagi bog`lamlar bo`yicha ish olib borildi", - deyilgan O`FA xabarida.






