Qoraqalpog`iston Respublikasi Xo`jayli tumanida 2011 yilda tug`ilgan bolakay ochiq turgan «kolodes»ga sirpanib tushib ketishi natijasida halok bo`lgani haqida xabar berilgandi.
"Kruz.uz" nashrining yozishicha, ushbu voqeadan keyin ijtimoiy tarmoqlarining Qoraqalpoq segmentida ochiq turgan "kolodes"larga qarshi kurash boshlandi.
Bu bo`yicha instagram‘dagi @fivecity.onecountry sahifasi va telegram‘dagi "Eto Nukus" kanali ham ochiq turgan "kolodes"larni rasmga olib fleshmob o`tkazmoqda.
Quyida Qoraqalpog`istondagi ana shu ochiq turgan "kolodes"larni ko`rishingiz mumkin.
Fleshmobdan ko`zlangan asosiy maqsad jamoat joylaridagi ochiq turgan "kolodes"larning og`zini bekitib qo`yishga mas`ullar e`tiborini qaratish ekani aytilmoqda.











