AsosiyJinoyat

Qashqadaryoda yana bir bosqinchilar guruhi qo`lga olindi

'Qashqadaryoda yana bir bosqinchilar guruhi qo`lga olindi'ning rasmi

2019 yil 12 yanvar kuni noma`lum shaxslar yuzlariga niqob kiygan holda Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumani "G`allakor" MFYda yashovchi F.Q.ning uyiga bostirib kirgan.

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko`ra, ular bu shaxs va uning turmush o`rtog`ini qo`llari bilan jarohatlab, uyidan pul hamda qimmatbaho buyumlarni topa olmay, voqea joyidan yashiringanlar.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Chiroqchi tumani "Suvliq" MFYda yashovchilar va Qamashi tumani "Rabod" MFYda yashovchi shaxs sodir etganliklari aniqlanib, qo`lga olinganlar.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar