AsosiyJamiyat

O`zbekistonda yangi agentlik tashkil etildi

'O`zbekistonda yangi agentlik tashkil etildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to`g`risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda "Huquqiy axborot" kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq, Kapital bozorini rivojlantirish agentligi Davlat raqobat qo`mitasining qimmatli qog`ozlar bozorini va Qimmatli qog`ozlar markaziy depozitariysini tartibga solish, shuningdek, korporativ boshqaruvni rivojlantirish borasidagi barcha huquqlari va majburiyatlari bo`yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.

Agentlik o`z faoliyatida Bosh vazirga bo`ysunadi hamda fond birjalarining faoliyatini, qimmatli qog`ozlar bozoridagi faoliyatni va lotereyalar tashkil etish faoliyatini lisenziyalovchi organ hisoblanadi.

Qaror bilan, byudjetdan tashqari Kapital bozorini rivojlantirishga ko`maklashish jamg`armasi tashkil etildi.

2019 yil 1 sentyabrgacha qonun hujjatlariga qimmatli qog`ozlar bozori to`g`risidagi qonun hujjatlarini buzganlik, shuningdek, Agentlikning ko`rsatmalarini bajarmaganlik uchun yuridik shaxslarga nisbatan jarimalar qo`llash va ma`muriy javobgarlik belgilashni nazarda tutuvchi o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish bo`yicha Qonun ishlab chiqiladi.

2019 yil 20 dekabrgacha Kapital bozorini rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqiladi.

    Boshqa yangiliklar