Bugun Fransiya poytaxti Parij shahrida karate bo`yicha nufuzli «Premer-Liga» turniri boshlanadi. Musobaqada jahonning 82 mamlakatidan 750 dan ortiq sportchi sovrinli o`rinlar uchun kurash olib boradi. Bahslarda O`zbekiston terma jamoasi a`zolari ham ishtirok etadilar, deb xabar bermoqda MOQ.
Eslatib o`tamiz, terma jamoamiz musobaqada quyidagi tarkibda qatnashadi:
-60 kg: Sadriddin Saymatov
-67 kg: Iqboljon Uzoqov
-75 kg: Dostonbek Otabolaev
-50 kg: Bahriniso Babaeva
-61 kg: Barno Mirzaeva
Murabbiylar: O`ktam Bekpo`latov, Dilnoza Bakirova.
Bugun Sadriddin Saymatov, Iqboljon Uzoqov, Dostonbek Otabolaev hamda Bahriniso Babaeva bahslarga kirishadi. Barno Mirzaeva esa ertaga o`z omadini sinab ko`radi.
Ma`lumot uchun, ushbu «Premer-Liga» turniri Tokio 2020 Olimpiadasi lisenziyasi uchun reyting ochkolarini taqdim etuvchi musobaqa hisoblanadi. Milliy olimpiya qo`mitasi mazkur turnirda karatechilarimizga omad tilaydi.






