AsosiyJamiyat

Xotin-qizlar qo`mitasi kafilligida to`rt nafar mahkuma ayol qamoqdan ozod etildi

'Xotin-qizlar qo`mitasi kafilligida to`rt nafar mahkuma ayol qamoqdan ozod etildi'ning rasmi

O`zbekiston Oliy sudi va Xotin-qizlar qo`mitasi tomonidan ijtimoiy sheriklik asosida imzolagan memorandumga muvofiq Jinoyat ishlari bo`yicha Toshkent viloyati Zangiota tuman sudi tomonidan 42-son manzilli koloniyasi binosida bo`lib o`tgan ochiq sud majlisida o`z xatosini to`la anglab, jamiyat ravnaqi, oilasi farovonligi va farzandalari tarbiyasiga astoydil ahd qilgan 4 nafar mahkuma ayol Xotin-qizlar qo`mitasi kafilligida muddatidan oldin ozod etildi.

Ular uchun belgilangan jazo muddatlari qisqartirilib, o`talmay qolgan muddat ahloq tuzatish ishlari jazosiga almashtirildi.

Ozod etilgan ayollar oilasi bag`riga qaytgach, jamiyat uchun foyda keltiradigan ishlar bilan shug`ullanishga, farzandlari kamoli uchun jon kuydirishga so`z berishdi. Bu borada ularga O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasining hududiy bo`limlari va mahalla mutaxassislari birgalikda ko`mak beradi.

O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi tomonidan jinoyat sodir etganligi uchun jazoni o`tash muassasalaridan ozod etilgan ayollarni qayta o`qitish va ishga joylashishi uchun maxsus kurslar ham tashkil etilishi rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar