AsosiyJamiyat

Sharqshunoslik instituti xalqaro fond bilan hamkorlik memorandumi imzoladi

'Sharqshunoslik instituti xalqaro fond bilan hamkorlik memorandumi imzoladi'ning rasmi

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti hamda Eron Islom Respublikasining Sa`diy Fondi o`rtasida ilmiy, ta`lim va tadqiqot sohalaridagi hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida «Fors tili va adabiyotini o`rganish» bo`yicha hamkorlik memorandumi imzolandi. Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko`ra, professor-o`qituvchilar, tadqiqotchilar va talabalar almashinuvini amalga oshirish, mushtarak ilmiy simpoziumlar tashkil qilish ko`zda tutilgan.

Shuningdek, o`zbekistonlik talabalarga fors tilini chuqur o`rganishlari uchun qo`shma tadqiqotlar ham amalga oshiriladi.

    Boshqa yangiliklar