Hukumatning 2019 yil 24 yanvardagi qarori bilan sut O`zbekistonda ishlab chiqariladigan realizasiya qilish oborotlari qo`shilgan qiymat solig`idan ozod etiladigan oziq-ovqat mahsulotlari ro`yxatiga kiritildi.
Eslatib o`tamiz, mazkur ro`yxatdan 9 turdagi mahsulot (go`sht (mol, qo`y, tovuq), shuningdek hayvonlar (qoramol va parranda) tirik hamda ularning so`yilgan mahsulotlari; baliq; kartoshka; piyoz; tuxum; guruch; shakar; non) o`rin olgan edi.






