AsosiySport

Osiyo Kubogi chorak finalidan o`rin olgan Janubiy Koreya - Qatar uchrashuvini Ravshan Ermatov boshqaradi

'Osiyo Kubogi chorak finalidan o`rin olgan Janubiy Koreya - Qatar uchrashuvini Ravshan Ermatov boshqaradi'ning rasmi

Avvalroq, hamyurtimiz Ravshan Ermatov 24 yanvar kuni Osiyo Kubogi chorak finalidan o`rin olgan Xitoy - Eron uchrashuvida videotakrorlar bo`yicha referi assistenti sifatida ishlashi haqida xabar berib o`tgandik.

25 yanvar kuni bo`lib o`tadigan Janubiy Koreya - Qatar uchrashuviga Ravshan Ermatov bosh hakam sifatida tayinlandi. Unga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidovlar yordam berishadi. To`rtinchi hakam - Ma Ning (Xitoy).

VAR - Paolo Valeri (Italiya), Muhammad Taqi bin Jahariy (Singapur) va Fu Ming (Xitoy).

Janubiy Koreya - Qatar uchrashuvi 25 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00da boshlanadi.

    Boshqa yangiliklar