AsosiyJamiyat

Yandeks Toshkentdagi tirbandliklarni ko`rsata boshladi

'Yandeks Toshkentdagi tirbandliklarni ko`rsata boshladi'ning rasmi

24 yanvar kuni Yandeks Toshkent ko`chalaridagi bandlikni 10 balli shkala bo`yicha baholashni boshladi. Yandeksning bosh sahifasida, Navigator va Yandeks.Xaritada yo`llardagi vaziyatni ballarda ko`rsatuvchi svetofor paydo bo`ldi.

0 dan to 3 ballgacha – yo`llar ochiq, 4-5 – harakat qiyinlashgan, 7-10 jiddiy tirbandlik. Haydovchi svetoforga qarab, yo`ldagi tirbandlikni bilib olishi mumkin.

Yo`llarning qanchalik tirbandligini baholash uchun Yandeks turli manbalardagi ma`lumotlardan foydalanadi. Ma`lumotlar haydovchi haqida hech qanday ma`lumotga ega bo`lmaydi, shunchaki uning turgan joyi, yo`nalishi va avtomobil harakatining tezligini ko`rsatadi.

Harakat tezligiga ko`ra tizim mashina tirbandlikda turibdimi yoki odatdagi tezlik bo`yicha ketayotgani aniqlaydi.

    Boshqa yangiliklar