O`zbekistonda pedagog xodimlarning malaka oshirish tartiblari ham to`liq nazorat ostiga olinadi, deb xabar qildi "O`qituvchi" telegram-kanali.
O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi matbuot xizmati 2019 yilning 1 yanvaridan respublikadagi har bir ta`lim muassasasidagi xodimlarning kasbiy malaka darajasini va individual kasbiy ehtiyojini hisobga olgan holda har besh yilda bir marta malaka oshirishi zarurligi inobatga olinib nazorat qilinishini ma`lum qilgan edi.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 28 dekabrdagi "Pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida"gi qaroriga ko`ra pedagog xodimlarning malakasini oshirish davomiyligi uni tashkil etish shakllariga hamda pedagog xodimning kasbiy malaka darajasini va individual kasbiy ehtiyojini hisobga olgan holda buyurtmachi tomonidan belgilanadigan talablarga bog`liq holda aniqlanishi aytib o`tilgan.
Shuningdek, endi pedagog xodimlar 5 yilda kamida bir marta malaka oshirishi shart. Yo`qsa, ma`lum choralar ko`rilishi va hatto kasbdan chetlatish holatlari ham kuzatilishi






