2019 yil 23 yanvar kuni Toshkent viloyati Zangiota tumani Namuna mahallasida joylashgan yakka tartibdagi tadbirkor K.N.ga tegishli mebel ishlab chiqarish sexida yong`in sodir bo`ldi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo`linmasi xabar berdi.
Yong`in oqibatida mebel ishlab chiqarish sexining 150 kv. metr maydonda tom qismi, shifti va ichki jihozlari yonib zararlangan. Yong`indan tan jarohati olganlar yo`q. Yong`inni bartaraf etishga 6 ta yong`in o`chirish ekipajlari jalb etilgan.
Ko`rilgan tezkor harakatlar natijasida yong`indan sexning 150 kv. metr maydoni saqlab qolingan. Yong`inni kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.






