2019 yil 12 yanvar kuni noma`lum shaxslar yuziga niqob kiyib, qurollangan holda Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida yashovchi A.Sh.ning uyiga bostirib kirgan, deb xabar bermoqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Ular unga qo`llari bilan jarohat etkazgan hamda A.Sh.ning qizi va turmush o`rtog`ini qo`rqitib, milliy hamda xorijiy valyutadagi pullarini olib, voqea joyidan yashiringanlar.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Chiroqchi tumani Suvlik qishlog`ida yashovchi va vaqtincha Yakkabog` tumani Yakkabog` qo`rg`onida yashovchi shaxslar sodir etganliklari aniqlanib, qo`lga olindi.
Holat yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.






