Ravshan Ermatov Osiyo Kubogi chorak finalidan o`rin olgan Xitoy - Eron uchrashuvida ishlaydi, deb xabar qildi O`zbekiston futbol assosiasiyasi.
24 yanvardan boshlab Osiyo Kubogi chorak final bahslariga start beriladi.
Osiyo Kubogining shu bosqichidan boshlab VAR tizimi amalda qo`llanilishi avval ma`lum qilingandi.
Ravshan Ermatov Xitoy - Eron uchrashuviga videotakrorlar bo`yicha referi assistenti sifatida tayinlangan.
O`yinni qatarlik Abdulrahmon Al-Jassim boshqaradi.






