AsosiySport

O`zbekiston va Saudiya Arabistoni o`rtasida Haj shartnomasi imzolandi

'O`zbekiston va Saudiya Arabistoni o`rtasida Haj shartnomasi imzolandi'ning rasmi

Haj» va «Umra» tadbirlarini tashkil etish va o`tkazish masalalari bo`yicha jamoatchilik kengashi raisi Jasur Akramov boshchiligidagi delegasiya a`zolari Saudiya Arabistoni Haj ishlari vaziri bilan uchrashdi, deb xabar qildi Din ishlari bo`yicha qo`mita matbuot xizmati.

Shuningdek uchrashuvda O`zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov, Din ishlari bo`yicha qo`mita ziyorat turizmni rivojlantirish bo`limi boshlig`i Hamidbek Hasanov, O`zbekiston musulmonlari idorasi Xalqaro aloqalar bo`limi bosh mutaxassisi Abdulhakim Aripov va O`zbekiston musulmonlari idorasi bo`lim boshlig`i Rustam Jamilov ishtirok etdi.

Ushbu uchrashuv yakunlariga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi va Saudiya Arabistoni Podshohligi o`rtasida Haj shartnomasi imzolandi va xaj tartibotlari va jadvali buyicha O`zbekiston hojilarini harakatlanishi yuzasidan barcha masalalar muhokama etildi.

Shuningdek, O`zbekiston Haj delegasiyasi Saudiya Arabistoni Transport Bosh boshqarmasi rahbari Abdurahmon al-Harbiy bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Bosh boshqarma rahbari o`zbekistonlik hojilar va ziyoratchilar zamonaviy transport vositalari bilan ta`minlangani, Agentlik talablari va tegishli shartnomaviy kelishuvlar O`zbekiston tomonidan to`laqonli bajarilib kelayotganini ta`kidlab o`tdi va o`z minnatdorchiligini bildirdi.

Delegasiya muzokara yakuni bo`yicha, hojilar uchun navbatdagi Haj mavsumida transport xizmati ko`rsatilishi, Madina-Makka-Jidda hamda Mino, Arafot va Muzdalifa yo`nalishlarida hojilarni tashish yuzasidan tegishli bitim imzoladi.

    Boshqa yangiliklar