Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida "Toshkent non kabob" nomli birinchi o`zbek fast-fud restorani ochildi. U o`z faoliyatini "Qancha xohlasang, to`la" nomli qiziqarli aksiya bilan boshladi. Ya`ni bitta non orasidagi totli kabob olish uchun juda bo`lmaganda 1 somoniy(0,1 AQSh dollari) to`lash lozim.
Mazkur aksiyadan ko`zlangan maqsad nafaqat qiziqarli marketing yurishi, balki aholining ehtiyojmand odamlarga yordam berishga qay darajada tayyor ekanligini ham aniqlashdir. O`zbekistonda bunday aksiyalar tez-tez qo`llanilib turiladi, deb yozadi "Xalq so`zi" nashri.
O`zbekistonlik tadbirkorlar Dushanbeda mana shunday strategiyani qo`llashga qaror qilishdi.






