«O`zbekiston karate milliy Federasiyasining qator mansabdor shaxslariga nisbatan qo`zg`atilgan jinoyat ishi yuzasidan yilda O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasining rasmiy saytida «Nurxon Nafasovning kirdikorlari fosh bo`ldi» nomli xabar chop etildi.
Mazkur xabar bo`yicha Bosh prokuratura matbuot xizmati shuni qat`iyan ma`lum qiladiki, qo`zg`atilgan jinoyat ishlari va olib borilayotgan tergov harakatlari yuzasidan rasmiy ma`lumotlar faqatgina bu borada mutasaddi tergov va nazorat qiluvchi organlar tomonidan beriladi.
Shuningdek, ta`kidlash zarurki, dastlabki tergovning holatlari va unga jalb qilingan shaxslar haqida keng jamoatchilikka turli talqindagi xabarlarni tarqatish O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 26-moddasida belgilangan aybsizlik prezumpsiyasi qoidalariga zid va bunday holatlar o`zgalarning sha`ni va qadr-qimmatiga putur etkazishi mumkin.
O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasining rasmiy saytida e`lon qilingan holat bo`yicha Bosh prokuratura matbuot xizmati quyidagilarni rasman ma`lum qiladi.
Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan O`zbekiston karate milliy Federasiyasining qator mansabdor shaxslariga nisbatan qo`zg`atilgan jinoyat ishi bo`yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.
"Hozirda mazkur jinoyat ishi yuzasidan aniqlangan holatlar bo`yicha biror-bir shaxs, xususan N.Nafasov gumonlanuvchi yoki ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan", - deyilgan xabarda.






