Jinoyat ishlari bo`yicha Toshkent shahar sudida sudlanuvchilar Shodali Qilichov, Saidazim Kamoldinov, Alijon Hamraev va Jahongir Yorqulovlarga nisbatan jinoyat ishini ko`rib chiqish bo`yicha ochiq sud majlisi davom etmoqda. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Oliy sudining rasmiy vakili Aziz Obidov ma`lum qildi.
Sud 2019 yil 21 yanvar kuni boshlangan edi. Mazkur jinoiy ish jinoyat ishlari bo`yicha Toshkent shahar sudi sudyasi Sarvar Karimov raisligida hamda xalq maslahatchilari A. Nishonov va M. Mirag`zamovdan iborat sud tarkibida ko`rib chiqilmoqda.
Sudda Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan Aurum
Dastlab sud tomonidan sud jarayoni ishtirokchilarining hozir bo`lgani tekshirildi, sud tarkibi, tomonlar e`lon qilindi, rad qilish huquqi tushuntirildi, sudlanuvchilarning shaxsi va ularga ayblov xulosalarining nusxalari berilgan vaqt aniqlandi, ish bo`yicha sudlanuvchilar va tomonlarning huquq hamda majburiyatlari tushuntirildi.
Sud majlisining tayyorgarlik qismi iltimosnomalar bor-yo`qligi to`g`risidagi masalani aniqlash bilan yakunlandi. So`ngra rais tomonidan sud tergovi boshlanganligi e`lon qilindi.
Davlat ayblovchisi ayblov xulosasini o`qib eshittirdi.
Dalillarni tekshirish tartibi belgilandi. Bu jarayon davomida sudlanuvchilar, jabrlanuvchi, guvohlar va ekspertlarning ko`rsatmalari tinglanadi, shuningdek, ushbu ish bo`yicha to`plangan boshqa dalillar tekshiriladi.
Sudlanuvchilarning ko`rsatmalari tinglandi. Bugungi sud majlisida beshta guvoh so`roq qilindi.
Sud jarayoni davom etmoqda. Sudning keyingi majlisi 28 yanvar soat 11:00 da bo`ladi.






