AsosiySport

Nurxon Nafasovning kirdikorlari ​ошкор этилди

'Nurxon Nafasovning kirdikorlari ​ошкор этилди'ning rasmi

O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi taqdim etgan ma`lumotlar asosida, 2018 yilning 16 noyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan O`zbekiston Karate Milliy federasiyasining sobiq raisi Nurxon Nafasov va boshqalarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 167-moddasi (O`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi «a» bandi va 165-moddasi (Tovlamachilik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan edi.

Tergov jarayonida amalga oshirilgan taftish natijasida noqonuniy xatti-xarakatlar to`g`risidagi birlamchi ma`lumotlar o`z tasdig`ini topdi.

Hususan, N.Nafasovning federasiya raisi lavozimiga tayinlangan kun – 2018 yil 16 maydan boshlab oktyabr oyigacha 125 million 557 ming so`mlik pul mablag`ini belgilangan tarzda (terma jamoa a`zolari, ularni musobaqalarga tayyorlash harajatlari) sarflash o`rniga, ularni maqsadsiz va ortiqcha ishlatganligi, tovlamachilik va hujjatlarni qalbakilashtirishga yo`l qo`yilganligi, sportchilardan badal pullarini yig`ib olib, federasiya g`aznasiga kirim qilinmaganligi aniqlandi. Ayni paytda tergov harakatlari davom etmoqda.

"Milliy olimpiya qo`mitasi bundan keyin ham Respublika sport federasiya va assosiasiyalari faoliyatini jiddiy nazoratga oladi va u erda aniqlangan noqonuniy harakatlar hamda turli qonunbuzarliklarga qarshi tegishli tashkilotlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda kurashadi", - deyilgan MOQ xabarida.

    Boshqa yangiliklar