AsosiyJamiyat

O`zbekistonda shelterlar soni 155 taga etdi

'O`zbekistonda shelterlar soni 155 taga etdi'ning rasmi

O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasining hududiy bo`linmalari huzurida 155 dan ortiq zo`rlik ishlatishdan jabr ko`rgan shaxslarni reabilitasiya qilish va moslashtirish hamda o`z joniga qasd qilishning oldini olish Markazlari (shelterlar) tashkil etildi.

Prezident qarori asosida tashkil etilgan Markazlarda xalqaro tajribalarga tayangan holda zo`rlik ishlatishdan jabr ko`rgan shaxslarga manzilli, o`z vaqtida yordam ko`rsatish va ularni himoya qilish, o`z joniga qasd qilishga moyil xulq-atvor paydo bo`lishiga yo`l qo`ymaslik va uning oldini olish kabi ishlar amalga oshiriladi.

Markazlarda zo`ravonlik qurboniga aylangan ayollar uchun shoshilinch ruhiy, psixoterapevtik, huquqiy yordam ko`rsatish, zarurat bo`lganda, ularga qo`shimcha yordam ko`rsatish ishlari tashkil etilgan. Shuningdek Markaz faoliyati doirasida ayollarni u yoki bu kasbga tayyorlash bo`yicha yordam ko`rsatiladi.

Ana shunday og`ir ahvolda qolgan ayollarga yordam berish maqsadida Respublika doirasida yagona qisqa 1146 raqamli — «ishonch telefoni» ishga tushirildi. Aytish joizki, murojaatchi istagiga ko`ra, uning shaxsi va murojaati sir saqlanishi kafolatlanadi.

Shelterlar joylashgan aniq manzillar ayollarning xavfsizligini ta`minlash maqsadida sir tutiladi. Quyidagi havola (http://wcu.uz/…/n…/zbekistonda-shelterlar-soni-155-taga-etdi) orqali ularning tumanlar kesimida joylashuvi bilan tanishish mumkin.

    Boshqa yangiliklar