AsosiyDunyo

Qozog`istonda davlat nomini o`zgartirish taklif qilindi

'Qozog`istonda davlat nomini o`zgartirish taklif qilindi 'ning rasmi

Qozog`iston parlamentining quyi palatasi "Ak jol" demokratik partiya fraksiyasi rahbari Ozod Peruashev deputatlik so`rovini o`qib eshittirdi. Unda mamlakat rasmiy nomini Qozoq Respublikasiga o`zgaritish taklif qilingan. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

"Biz hukumatga "Qozoq Respublikasi" rasmiy nomini amalga kiritish masalasini ko`rib chiqishni taklif qildik”, - dedi Peruashev OAV vakillariga.

Deputat so`zlariga qaraganda, "Qozog`iston" nomi norasmiy so`zlashuv va yozishmalarda ishlatish mumkin bo`ladi.

"Ko`p davlatlarning tajribasiga ko`ra, respublikani tashkil qilgan millat nomi bilan nomlash zarur. Bu masala tarixiy adolatga ega", - deb ta`kidladi deputat.


    Boshqa yangiliklar