Rejissyor va mohir prodyuser, “UPF” tashkilotining dasturlar bo`yicha direktori Daniel Tutt yurtimizga safari davomida O`zbekiston davlat san`at va madaniyat institutiga tashrif buyurdi. Bu haqda oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif mobaynida amerikalik rejissyor institutdagi ijodkor yoshlar tomonidan tayyorlanayotgan ijod namunalari bilan tanishdi.
– Institutiga qilgan sayohatim davomida shunga amin bo`ldimki, kelajakda bizning O`zbekistondagi faoliyatimizda kerak bo`ladigan ko`plab fikr va g`oyalar etarlicha.
Masalan, institutdagi ba`zi yoshlarning animasiya va operatorlik mahorati menga manzur bo`ldi. Ular bilan kelajakda birga ishlaymiz degan umiddaman.

AQShlik rejissyor O`zbekistonga “Unity Productions Foundation” nodavlat fondi tomonidan tasvirga olinishi rejalashtirilayotgan islom dini va sivilizasiyasi to`g`risida qisqa metrajli filmga materiallar to`plash maqsadida tashrif buyurgan.






