AsosiyJamiyat

O`zbekiston "Jo`shqin Gujarat – 2019" e`tirofiga sazovor bo`ldi

'O`zbekiston "Jo`shqin Gujarat – 2019" e`tirofiga sazovor bo`ldi'ning rasmi

Joriy yil 22 yanvar kuni Hindistonning Gandinagar shahri "Mahatma Mandir" ko`rgazmalar majmuasida "Jo`shqin Gujarat – 2019" IX xalqaro investisiya sammiti yakunlandi.

Butun dunyodan 26 ming 800 dan ziyod kompaniya va 285 ta rasmiy delegasiya vakillarini bir joyda jamlagan mazkur yirik iqtisodiy tadbirda O`zbekiston hamkor mamlakat sifatida ishtirok etdi. Shuningdek, davlatimiz rahbari sammitning faxriy mehmoni bo`ldi.

O`zbekiston Respublikasi Investisiyalar bo`yicha davlat qo`mitasidan xabar berishlaricha, "Jo`shqin Gujarat – 2019"da mamlakatimizda ishlab chiqarilgan to`qimachilik, charm, kimyo, farmasevtika, qishloq xo`jaligi mahsulotlaridan iborat O`zbekiston milliy stendi namoyish etilgan, deb yozmoqda O`zA.

Sammitning so`nggi kunida u bilan tanishgan qatnashchilar soni 4 mingdan oshib ketgan.

Yana bir ma`lumotga ko`ra, Investisiyalar bo`yicha davlat qo`mitasi "Jo`shqin Gujarat – 2019" sammitida faol ishtiroki uchun tashkilotchilarning maxsus sertifikati bilan taqdirlangan.

    Boshqa yangiliklar