AsosiyJamiyat

​Andijon davlat universitetida yangi zamonaviy laboratoriya ochildi

'​Andijon davlat universitetida yangi zamonaviy laboratoriya ochildi'ning rasmi

Andijon davlat universitetida Evropa Ittifoqi «Erasmus+» dasturining «RENES: Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va barqaror atrof - muhit» mutaxassisligi bo`yicha magistrlar dasturini rivojlantirish» mavzusidagi qo`shma loyihasi doirasida Qayta tiklanuvchi energiya manbalari laboratoriyasi ochildi.

Laboratoriyaga Germaniya, Italiya, Ispaniya va boshqa rivojlangan davlatlarda ishlab chiqarilgan 42,7 ming evrolik 30 turdagi laboratoriya jihozlari o`rnatildi.

Laboratoriya Evropaning 600 dan ortiq nufuzli universitetlari onlayn tarzda ulangan Oksford universiteti Rezerford laboratoriyasi mikroelektronika va nanoelektronika qo`llab-quvvatlash markazining europractic tizimiga onlayn ulangan.

Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi hamda Evropa Ittifoqi «Erasmus+» dasturi hamkorligidagi ushbu loyiha doirasida kelgusida Guliston va Qarshi davlat universitetlari, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, Toshkent avtomobil yo`llarini loyihalash, qurish va ekspluatasiyasi institutida ham shunday laboratoriyalarni tashkil etish ko`zda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar