“Oskar”ga nomzodlar ma`lum bo`ldi, deya ma`lum qilmoqda TASS nashri.
Brayan Singerning “Bogema rapsodiyasi”, Bredli Kuperning “Yulduz tug`ildi”, Alfonso Kuaronning “Roma” va Piter Farrellining “Yashil kitob” kartinalari Amerika kinosan`ati akademiyasi mukofotining “Eng yaxshi film” nominasiyasiga qo`yildi.
Shuningdek, nominasiyaga Spayk Lining “Qora qabila”, Adam Makkeyning “Hokimiyat”, Rayan Kuglerning “Qora pantera”, Yorgos Lantimosning “Mahbuba” kinofilmlari ham kirgan.






