Ekvador hukumati venesuelalik migrantlar uchun mamlakat hududiga kirish qoidalarini kuchaytirdi, deb xabar qilmoqda Trend nashri.
Bunga esa Venesuela fuqarosi tomonidan ekvadorlik homilador ayolni garovga olib, so`ng uni polisiya ko`z oldida o`ldirishi bilan bog`liq voqea sabab bo`lgan. Mazkur jinoyat Ekvador fuqarolarining keskin noroziligiga olib kelmoqda. Shundan keyin hukumat qo`shni Venesueladan kiruvchi har bir fuqaroni qattiq nazoratga olishni boshladi. Shuningdek, hukumat o`z fuqarolarini ham venesuelaliklarga nisbatan zo`ravonlik ishlatmaslikka chaqirgan.






