Kerch bo`g`ozida Tanzaniya bayrog`i ostida harakatlanayotgan 2 ta kemada portlash sodir bo`ldi, deya xabar qilmoqda Korrenspondent.ru nashri.
Ma`lumotlarga ko`ra, “Kandi” va “Maestro” nomli kemalarning biridan ikkinchisiga yoqilg`i o`kazilayotgan vaqtda portlash sodir bo`lgan. Hodisa oqibatida jami 14 kishi halok bo`lgani xabar qilinmoqda. Qolgan dengizchilar esa o`zlarini suvga otishgan. Kemalarda Hindiston va Turkiya fuqarolari bo`lgan.






