Afg`onistonning Vardak viloyatidagi harbiy o`quv bazasida portlash ro`y berdi, deb xabar bermoqda RenTV.ru nashri.
Dastlabki ma`lumotlarga qaraganda, hodisa natijasida avval 12 nafar harbiy halok bo`lgan. Keyinchalik esa qurbonlar soni 125 nafar ekanligi xabar qilingan.
Guvohlarning so`zlariga ko`ra, xudkush terrorchi bomba joylangan avtomobilni baza oldida portlatib yuborgan. Ushbu hujum uchun javobgarlikni Tolibon teroristik guruhi o`z zimmasiga olmoqda.






