Rossiya poytaxti Moskvada Kurill orollarini Yaponiyaga ko`chirishga qarshi namoyishlar bo`lib o`tmoqda, deqya xabar bermoqda RIA Novosti nashri.
“Rossiya hududiy yaxlitligini saqlash uchun” shiori ostida to`plangan olomon orasida bir qator tashkilotlar va partiya a`zolari ham bor. Ma`lumotlarga ko`ra, namoyishlarda umumiy hisobda 2 ming kishi ishtirok etmoqda. Odamlar “Rossiyani sotishni to`xtating, biz Kurilni tark etmaymiz”, deya takrorlashmoqda .






