28 yanvar kuni jahon futboli yulduzi, Braziliya terma jamoasi tarkibida Jahon chempioni bo`lgan himoyachi Roberto Karlos Toshkentga keladi. Bu haqda O`FA matbuot xizmati xabar berdi.
"Roberto Karlos tashrifi davomida yosh futbolchilarga master-klasslar o`tkazib, mehribonlik uyidagi bolajonlar bilan uchrashishi ko`zda tutilgan. Shuningdek, braziliyalik futbolchi ishtirokida OAV vakillari uchun matbuot anjumani ham tashkil qilinadi. Roberto Karlosning tashrifiga doir tadbirlar, jumladan, matbuot anjumanining vaqti va bo`lib o`tadigan joyi keyinroq alohida e`lon qilinadi", -deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, o`zbekistonlik mashhur futbol yulduzlari va faxriylar ishtirokida 10 daqiqadan iborat 2 taymli o`rtoqlik o`yini tashkil qilinadi. Roberto Karlos bu uchrashuvda har ikki jamoa tarkibida bittadan taymda maydonga tushadi.
Shuningdek, tashrif davomida Roberto Karlosni o`zbek futboli bilan yaqindan tanishtirish ham rejalashtirilgan.






