AsosiyDunyo

Eng og`riqli go`zallik taomillari (foto)

'Eng og`riqli go`zallik taomillari (foto)'ning rasmi

Go`zallik qurbonlik talab qiladi, ba`zida esa bu qurbonlik ortiqcha hamdir, deya yozmoqda Rambler nashri.

Quyida turli mamlakatlardagi go`zallikning og`riqli taomillari bilan tanishishingiz mumkin.

Habashiston


Habashistonning mursi qabilasi ayollari o`z yuzlarini maxsus plastinkalar bilan bezashadi, ya`ni bu plastinkalar pastki labga o`rnatiladi. Plastinka qanchalik katta bo`lsa, ayol yoki qiz shunchalik go`zal hisoblanadi va turmushga qichish imkoniyati ham shunchalik ko`p bo`ladi. Ushbu taomil ming yillik o`tmishga borib taqaladi, ammo bugungi kunda ham qabilada ushbu amaliyotni bajarib kelayotganlar topiladi.

Myanma


Myanmada go`zallikning yuksagi uzun bo`yinlar hisoblanadi. Padaung elati qizlarining besh yoshlaridanoq bo`yinlariga spiral metall simchiviqlar kiygizishadi.

Yosh o`tgan sari simchiviq o`rami ko`payib boraveradi.

Shuningdek, mazkur xalq vakillari Tayland hududida ham yashaydilar.

Xitoy


Xitoyda ayol va qizlar oyoqlarini bintlash X asrdan XX asr boshigacha qo`llanib kelingan. Qizlarning oyoq barmoqlari bint yordamida bukilgan, bu bilan esa oyoqning o`sishi to`xtatilgan. Oqibatda qizlar mustaqil harakatlanishdan mahrum bo`lishgan. Lekin o`sha paytlarda ayollarga buning keragi ham bo`lmagan. Uning vazifasi uyda o`tirib, erining hayotini farovon etish bo`lgan.

Kichik o`lchamdagi oyoqli kelinlar naq oltinga teng bo`lgan, shakli yuqoridagi tarzda o`zgartirilgan oyoqlar esa oltin nilufar hisoblangan.

    Boshqa yangiliklar