Xitoyning Shandong provinsiyasida ulkan muzli sharshara hosil bo`ldi, deb xabar qildi TASS nashri.
Tay tog`ida sovuq havo harorati balandligi 80 metrga teng sharsharani muzlab qolishiga olib kelgan. Bu esa tabiiy mo``jiza sifatida odamlarning qiziqishiga sabab bo`lmoqda. Hozirda hudud sayyohlar bilan gavjum.






