AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev Bavariyadagi o`zbekistonlik yoshlar bilan suhbatlashdi

'Shavkat Mirziyoev Bavariyadagi o`zbekistonlik yoshlar bilan suhbatlashdi'ning rasmi

Kecha, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev kunning ikkinchi yarmida Berlindan Myunxen shahriga keldi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

O`zbekiston delegasiyasini Bavariya hukumati va jamoatchilik vakillari kutib oldi.

Davlatimiz rahbari Bavariyada o`qiyotgan, ishlayotgan o`zbekistonlik yoshlar bilan suhbatlashdi.

- Germaniyaga tashrif davomida juda katta kelishuvlarga erishildi. Sizlar bu erda o`qib, zamonaviy bilimlarni egallab O`zbekistonning yanada taraqqiy etishiga o`z hissalaringizni qo`shasizlar, deb ishonaman, - dedi Shavkat Mirziyoev.

Davlatimiz rahbari 22 yanvar kuni Bavariya Bosh vaziri Markus Zyoder hamda Germaniyaning etakchi ishbilarmon va moliyaviy doiralari vakillari bilan uchrashadi.

    Boshqa yangiliklar