AsosiySport

O`zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogidagi ishtirokini yakunladi

'O`zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogidagi ishtirokini yakunladi'ning rasmi

Birlashgan Arab Amirliklarida futbol bo`yicha Osiyo Kubogi davom etmoqda. Bugun Ektor Kuper boshchiligidagi O`zbekiston terma jamoasi 1/8 finalda Avstraliya terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuv teng kurashlar ostida kechdi. Bahsning asosiy daqiqasi ham, qo`shimcha bo`limlar ham 0:0 hisobida yakunlandi. Shundan so`ng g`olibni aniqlash uchun penaltilar seriyasiga murojaat qilindi. Afsuski, futbol lotoreyasida omad futbolchilarimizdan yuz o`girdi.

Qayd etish lozimki, o`yin davomida futbolchilarimiz raqiblar bilan teng kurash olib borishdi, kerak bo`lsa ba`zi vaziyatlarda ustunlik qilishdi. Ammo, bu futbol. Unda g`alaba va mag`lubiyat yonma-yon yuradi.

Osiyo Kubogi-2019. 1/8 final
Avstraliya – O`zbekiston 0:0 (penaltilar seriyasi 4:2)
BAA. Al-Ayn. «Xalifa bin Zayd» stadioni

Hakamlar: Abdulrahmon Ibrohim Al-Jassim, Tolib Salim Al-Marri va Saud Ahmad Al-Maqaleh (barchasi Qatar)

Avstraliya: 1.Metyu Rayan, 2.Milosh Degenek, 4.Grant Rayan, 5.Mark Milligan, 9.Jeymi Maklaren (14.Apostolos Yannou, 75), 15.Kris Ikonomidis (10.Robbi Kruz, 96), 16.Aziz Bexich, 20.Trent Seynsberi, 21.Aver Mabil (7.Metyu Leki, 68), 22.Jekson Irvin, 23.Tom Rogich (8.Massimo Luongo, 111)

Zaxira: 12.Mitchell Langerak, 18.Daniel Vukovich, 3.Aleks Gersbax, 6.Metyu Yurman, 11.Endryu Nabbut, 13.Jeyms Jeggo, 17.Mustafo Amini, 19.Josh Risdon

O`zbekiston: 1.Ignatiy Nesterov – 6.Davron Hoshimov, 5.Anzur Ismoilov, 20.Islom To`xtaxo`jaev, 13.Oleg Zoteev (4.Farrux Sayfiev, 105) – 19.Otabek Shukurov, 9.Odil Ahmedov, 22.Javohir Sidiqov (8.Ikrom Aliboev, 73) – 11.Jaloliddin Masharipov, 17.Doston Hamdamov (16.Aziz Turg`unboev, 107), 14.Eldor Shomurodov (10.Marat Bikmaev, 104).

Zaxira: 12.Sanjar Quvvatov, 21.O`tkir Yusupov, 2.Akmal Shorahmedov, 3.Doston Tursunov, 15.Egor Krimes, 23.Odil Hamrobekov, 18.Fozil Musaev, 7.Sardor Rashidov.

Ogohlantirishlar: Islom To`xtaxo`jaev 2, Tom Rogich 19, Aziz Bexich 25, Davron Hoshimov 47, Rayan Grant 109.

Penaltilar seriyasi:

1.Mark Milligan – GOL! 1:0
2. Otabek Shukurov – GOL! 1:1
3. Aziz Bexich – DARVOZABON! 1:1
4. Islom To`xtaxo`jaev – DARVOZABON! 1:1
5. Robbi Kruz – GOL! 2:1
6. Ikrom Aliboev – GOL! 2:2
7.Apostolus Yannou – GOL! 3:2
8. Marat Bikmaev – DARVOZABON! 3:2
9. Metyu Leki – GOL! 4:2.

Shu tariqa O`zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogidagi ishtirokini yakunladi.

    Boshqa yangiliklar