AsosiyJamiyat

Xo`jaylida bedarak yo`qolgan bolaning jasadi quvurdan topildi

'Xo`jaylida bedarak yo`qolgan bolaning jasadi quvurdan topildi'ning rasmi

Shu yilning 19 yanvar kүni Xo`jayli tumanidagi «Antakiya» restoraniga onasi bilan to`yga kelgan 2011 yilda tug`ilgan yosh o`smirin A.A.ning bedarak yo`qolgani haqida internet tarmoqlarida xabarlar tarqalgandi.

"KRuz.uz" nashri Xo`jayli tumani IIB bilan bog`lanib, voqea tafsilotlari bo`yicha ma`lumot berdi.

Ma`lum bo`lishicha, 19 yanvar kuni 2011 yilda tug`ilgan Xo`jayli tumani "Tao`sha" ko`chasida yashovchi yosh o`smirin A. A. «Antakiya» restoraniga onasi bilan to`yga kelgan va to`satdan yo`qolib qolgan. Shundan keyin bolaning ota-onasi tuman IIBga 18:30 da murojaat qilgan. Tezkor guruh voqea joyiga tezda etib borib, qidiruv ishlarini olib borgan.

Restonanning kameralariga muhrlangan tasvirlar ko`zdan kechirilganda bolaning restoran qarshidagi oqava suvlar oqadigan quvurga tushib ketgani aks etgan.

19 yanvar kuni kech soat chamasi 23:30 lar atrofida bolaning jonsiz tanasi oqava quvuri ichidan topilgan.

Dastlabki taxminlarga ko`ra, bolakay oqava quvuriga sirpanib tushib ketgan. Ona bolasini qarovsiz qoldirgan.

Xo`jayli tumani IIBning bizga ma`lum qilishicha, hozirda tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar