AsosiyJinoyat

Samarqand viloyatida kollej o`quvchisi qarindoshining uyiga o`g`irlikka tushdi

'Samarqand viloyatida kollej o`quvchisi qarindoshining uyiga o`g`irlikka tushdi'ning rasmi

Shu yil 19 yanvar kuni noma`lum shaxs Samarqand viloyatining Pastdarg`om tumanida yashovchi O`.B.ning uyiga bostirib kirib, uning birga yashovchi 16 yoshli nabirasi B.O`.ning boshiga noma`lum jism bilan urib, u erdan pullari va zargarlik buyumlarini olib, voqea joyidan yashiringan.

Natijada B.O`. olgan jarohatidan kasalxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni uy egasi O`.B.ning birga yashovchi jiyani, Samarqand pedagogika kolleji 2-bosqich o`quvchisi S.N.(ismli qiz) va Gulakandoz mahallasida yashovchi, Charxin ijtimoiy-iqtisodiyot kolleji 2-bosqich o`quvchisi, muqaddam sudlangan N.S.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlangan.

Holat yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar