AsosiySiyosat

O`zbekiston va Germaniya Prezidentlarining muzokaralari boshlandi

'O`zbekiston va Germaniya Prezidentlarining muzokaralari boshlandi 'ning rasmi

Bugun, 21 yanvar kuni Belvyu saroyida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer kutib oldi.

Davlatimiz rahbari faxriy mehmonlar kitobiga imzo qo`ydi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Oliy martabali mehmonni rasmiy kutib olish marosimi bo`ldi. Prezidentimiz sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. O`zbekiston va Germaniya davlat madhiyalari yangradi.

Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan o`tdi.

Muzokara avvalida Shavkat Mirziyoev Frank-Valter Shtaynmayerni joriy yilning may oyida nishonlanadigan Germaniya Federativ Respublikasi tashkil topganining 70 yilligi bilan tabrikladi.

    Boshqa yangiliklar