AsosiyJamiyat

"Chimyon" MDHdagi eng sara tog`-chang`i kurortlari o`ntaligidan joy oldi

'"Chimyon" MDHdagi eng sara tog`-chang`i kurortlari o`ntaligidan joy oldi'ning rasmi

MDH turizm bozorini tahlil qilib boruvchi "TurStat" agentligi 20 yanvar – Butunjahon qor kuni munosabati bilan internet foydalanuvchilari o`rtasida so`rovnoma o`tkazib, qishki ta`tillarni a`lo darajada o`tkazish mumkin bo`lgan tog`-chang`i kurortlar reytingini tuzdi.

Agentlikning qayd etishicha, so`rovnomada Belarusning Minsk viloyatidagi "Logoyks" va "Silichi" kurortlari eng ko`p ovoz olgan. Undan keyingi o`rinni Qozog`istonning Olmaota shahri yaqinidagi "Chimbuloq" dam olish maskani egallagan. Respondentlarning 16 foizi Ozarbayjonning "Shaxdag" va "Tufandag" qishki kurortlariga ovoz bergan.

So`rovnomaning qolgan ishtirokchilari esa "Saxkadzor" (Armaniston), "Qorako`l" (Qirg`iziston) va "Chimyon" (O`zbekiston) tog`-chang`i kurortlarini ma`qul ko`rgan.

    Boshqa yangiliklar