AsosiyJamiyat

Xorazmda dehqon bozorining tomi qulab tushdi

'Xorazmda dehqon bozorining tomi qulab tushdi 'ning rasmi

Xorazm viloyati Shovot tumanida dehqon bozorining tomi qulab tushdi, deb xabar qilmoqda Facebook‘dagi "Xorazm va Xorazmliklar" guruhi.

Guruh a`zolarining yozishicha, voqea 19 yanvar kuni yuz bergan. Bozorning tomi qulashiga ikki kun tinimsiz yoqqan qor va shamol sabab bo`lgan bo`lishi mumkin deb taxmin qilinmoqda.

Qoldirilgan izohlarda: "Bozorni tomi qulab tushganini qordan ko`rmasinlar, tom bosqidin qor yog`madi hali, rasmda ko`rinib turibdi, to`planib turgan qor yo`q", - degan fikrlar ham bor.

Ushbu hodisadan jabrlanganlar yoki qurbon bo`lganlar haqida ma`lumot yo`q.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston gidrometeorologiya markazi tomonidan ushbu haftada O`zbekistonda qor yog`ib kuchli sovuq bo`lishi haqida xabar berilgan edi.

    Boshqa yangiliklar