AsosiySiyosat

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeriga faxriy unvon berildi

'Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeriga faxriy unvon berildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 19 yanvardagi Farmoni bilan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilovga "O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan yurist" faxriy unvoni berildi.

"60 yoshni qarshi olgan N.Ismoilovning davlat organlaridagi ko`p yillik samarali faoliyati, mamlakatimizda qonun ijodkorligi, sud-huquq tizimini takomillashtirish, davlat va jamiyat rivojiga oid qonun loyihalarini ishlab chiqish, parlament nazoratining samarali mexanizmlarini joriy etish, aholi bilan bevosita muloqot asosida jamoatchilik fikri, joylardagi haqiqiy ahvolini chuqur o`rganish, xalqimiz manfaatlari va farovonligini ta`minlash, keng ko`lamli islohotlar ijrosini ro`yobga chiqarish borasidagi katta xizmatlari munosib baholanib, davlatimizning yuksak unvoni bilan taqdirlandi", - deyilgan Qonunchilik palatasi xabarida.

    Boshqa yangiliklar